ALLERGIK RINIT VA SURUNKALI RINOSINUSIT BIRGALIKDA KECHGAN HOLLARDA SAMARALI SIMPTOMATIK DAVOLASH USULLARI
Keywords:
Allergik rinitAbstract
Allergik rinit va rinosinusit bugungi kunda eng keng tarqalgan burun yo‘llari kasalliklaridan hisoblanadi. Allergik rinit burun shilliq qavatining allergik reaktsiyasidan kelib chiqadigan yallig‘lanish jarayonidir, u burun shilliq qavatining shishishi, burun tiqilishi, tumov va doimiy takrorlanadigan bosh og‘rig‘i kabi simptomlar bilan kechadi. Surunkali rinosinusit esa burun va burun yondosh bo‘shliqlarining yallig‘lanishi bilan xarakterlanadi va sinuslarda og‘riq, burun tiqilishi va bosh og‘rig‘i kabi simptomplar ustunlik qilishi bilan namoyon bo‘ladi.
Ushbu ikki holatning birgalikda kechishi nafaqat kasalliklarning alohida belgilarini murakkablashtiradi, balki davolashda yangi yondashuvlarni talab qiladi. Allergik rinit va rinosinusitning birga bo‘lishi ko‘pincha bemorning hayot sifatini sezilarli darajada pasaytiradi va uzoq davom etadigan davolashni talab qiladi. Shu sababli, samarali simptomatik davolash usullarini aniqlash va bu kasalliklarni kompleks tarzda boshqarish muhim ahamiyatga ega [1].
Bu maqolada allergik rinit va rinosinusitning birgalikda kechgan hollarda samarali simptomatik davolash usullari ko‘rib chiqiladi. Maqola asosida turli tibbiy va ilmiy manbalar, davolashning yangi yondashuvlari, shuningdek, klinikada qo‘llaniladigan metodlar tahlil qilinadi. Bunday yondashuvlar allergik rinit va rinosinusitni davolashning samaradorligini oshirishga va bemorlarning umumiy holatini yaxshilashga yordam berishi mumkin.