XALQARO TIJORAT SUDLARINING ZAMONAVIY RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA O‘ZBEKISTON UCHUN IMKONIYATLARI
Keywords:
xalqaro tijorat sudlari, O‘zbekiston, TXTS, arbitraj, investitsiya muhiti, nizolarni hal etish, xalqaro integratsiyaAbstract
Ushbu maqola XXI asrda tez rivojlanayotgan xalqaro tijorat sudlarining zamonaviy tendensiyalarini tahlil qiladi va O‘zbekiston uchun bunday institutni yaratishning imkoniyatlarini o‘rganadi. Tadqiqot globallashuv sharoitida xalqaro tijorat nizolarini hal etish mexanizmlarining o‘zgarishi va rivojlanishini ko‘rib chiqqan holda, Singapur, Gonkong va Dubay xalqaro tijorat sudlarining muvaffaqiyatli tajribasi chuqur tahlil qilingan. Maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotining liberallashuvi va xorijiy investitsiyalarni jalb etish kontekstida Toshkent xalqaro tijorat sudini (TXTS) tashkil etishning nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari baholanadi. Tadqiqot natijasida TXTS ning mamlakatimizning investitsiya muhitini yaxshilash, mintaqaviy tijorat markaziga aylanish va xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarida faol ishtirok etishga ko‘rsadigan ijobiy ta’siri asoslab berilgan. Maqola xalqaro standartlarga moslashish va mahalliy huquqiy an’analarni hisobga olish o‘rtasidagi muvozanatni saqlash zarurati haqida xulosalar beradi.