IJTIMOIY SOHADAGI MILLIY MANFAATLARGA TAHDIDLARNI O‘RGANISHDA INDIKATIV YONDASHUVNING O‘ZIGA XOSLIGI (yoshlar bandligi misolida)
Keywords:
Milliy manfaatlar, indikativ yondashuv, yoshlar bandligi, ijtimoiy siyosat, indikatorlar, tahdidlarni baholash, tizimli tahlil.Abstract
Mazkur maqola yoshlar bandligi misolida ijtimoiy sohaga oid milliy manfaatlarga tahdidlarni o‘rganishda indikativ yondashuvning xususiyatlarini ko‘rib chiqadi. Unda milliy manfaatlarni ta’minlashda tizimli yondashuvning ahamiyati, yoshlar bandligi bo‘yicha davlat siyosatining natijalari va mavjud muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy manfaatlarga tahdidlarni aniqlash va baholashda indikatorlardan foydalanish usullari bayon etilgan. Mazkur izlanish ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash yo‘nalishida samarali tavsiyalar ishlab chiqish uchun nazariy asoslarni yaratishga qaratilgan.