MAQOL VA MATALLARDA POLISEMATIK-KOGNITIV MA’NOLARNING NAMOYON BO’LISHI
Keywords:
polisematik-kognitiv ma’no, maqol va matallar, xalq og’zaki ijodi, adabiyot, ikkima’nolik, nazariyaAbstract
Har bir millat va elatning o'zligini, tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlarini ifodalovchi omillardan biri xalq og'zaki ijodidir. Xalq og'zaki ijodi asrlar davomida sayqallanib, xalq orasida aytilib, avloddan-avlodga o'tib kelayotgan ma'naviy meroslardan biridir. Xalq og'zaki ijodining takrorlanmas janrlaridan biri bu maqoldir. Insoniyatning shu kungacha bosib o'tgan murakkab rivojlanish yo'li ezgu maqsadlarga faqat va faqat uzluksiz ma'naviy tarbiya bilangina erishish mumkinligini isbotlab kelgan.