Media Savodxonlik Va Analitik Kompetensiya: Texnologik Ta’limda Integratsiyalashgan Yondashuv
Keywords:
media savodxonlik, analitik tafakkur, texnologik ta’lim, raqamli kompetensiyalar, tanqidiy fikrlashAbstract
Ushbu maqolada texnologik ta’lim jarayonida media savodxonlik va analitik kompetensiyani shakllantirishning dolzarbligi yoritiladi. Media muhitining kengayib borayotgan sharoitida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qilish va ongli iste’mol qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurati ortib bormoqda. Shu nuqtai nazardan maqolada media ta’lim vositalaridan texnologik fanlarda foydalanish, real va virtual muhitda mustaqil fikr yuritish, ma’lumotlarni tahlil qilish orqali o‘quvchining bilim darajasini oshirish yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Integratsiyalashgan o‘quv metodikasi, interaktiv vositalar, simulyatsiya va raqamli resurslar orqali raqamli kompetensiyalarni shakllantirish mexanizmlari tahlil qilinadi.