Parazitlarning Organizmga Ta’siri Va Immunitetning Javob Reaksiyasi
Keywords:
parazit, xoʻjayin organizm, antigenetik variatsiya, molekulyar mimikriyaAbstract
Ushbu maqolada parazit organizmlarning organizm tanasida immunitetga qarshi kurashgan holatda yashirinib saqlanib qolish usullari haqida fikr yuritilgan boʻlib, unda parazitlar, parazitlarning immunitet sistemasiga qarshi kurashish turlari, parazitizmning xoʻjayin organizmga koʻrsatadigan patogen ta’sirlari va parazitizm kasalliklarini oldini olish yoʻllari tahlil qilinadi. Bu kabi inson organizmiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan parazitlar va ulardan himoyalanish orqali mamlakatimizda parazitizmni kamayishini ta’minlashga doir chora-tadbirlar haqida fikr yuritilgan.