Junaydulloh Mahdum Hoziq: Xix Asr Markaziy Osiyo Adabiyoti Va Madaniyatidagi O‘Rni

Authors

  • Shomurodova Munisa Sherali qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, 2-kurs magistranti,

Keywords:

Junaydulloh Mahdum Hoziq

Abstract

Ushbu maqola XIX asr o‘zbek va tojik adabiyoti tarixida alohida o‘rin tutgan mashhur shoir Junaydulloh Mahdum Hoziqning hayoti, ijodi va madaniy-ma’naviy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda Hoziqning Hirotdagi bolalik yillari, Buxoroda olgan tahsili, ilmiy va adabiy faoliyati, turli hukmdorlar saroylaridagi mavqei, hamda uning insonparvarlik, adolatparvarlik, rostgo‘ylik g‘oyalari bilan sug‘orilgan asarlari chuqur tahlil qilinadi. Shoirning “Yusuf va Zulayho” kabi mashhur dostonlari, she’riy devonlari va g‘azallari tarixiy manbalar asosida ilmiy yondashuv bilan o‘rganilib, uning ijodi o‘z davridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat bilan bog‘liq holda yoritiladi. Maqolada shoirning Buxoro, Qo‘qon va Xorazm kabi madaniy markazlardagi faoliyati, ijodiy uslubi, zamondoshlari bilan aloqalari, shuningdek, uning halokatiga sabab bo‘lgan siyosiy voqealar ham keng yoritilgan. Tadqiqot natijalari Hoziq ijodining faqat o‘z davrida emas, balki bugungi kunda ham dolzarbligini, uning merosi ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etishini asoslab beradi. Ushbu maqola Hoziq shaxsiyati va ijodini qiyosiy-adabiy va tarixiy kontekstda o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, kelajakda olib boriladigan ilmiy izlanishlar uchun muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Downloads

Published

2025-05-26

How to Cite

Shomurodova Munisa Sherali qizi. (2025). Junaydulloh Mahdum Hoziq: Xix Asr Markaziy Osiyo Adabiyoti Va Madaniyatidagi O‘Rni. Miasto Przyszłości, 60, 580–584. Retrieved from https://www.miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/6498